Ertaga Xorazmning 10 ta hududida gaz vaqtinça öçiriladi: 29 mingdan ziyod xonadon ta'minotsiz qoladi
16-11-2026, 21:35
1 161 марта
Ertaga Xorazmning 10 ta hududida gaz vaqtinça öçiriladi: 29 mingdan ziyod xonadon ta'minotsiz qoladi17-noyabr kuni Xorazm viloyatining 8 ta tumani va Urganç şahridagi jami 47 ta mahallada tabiiy gaz ta'minoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabarga köra, uzilişlarga gaz taqsimlaş stansiyalaridagi mavsumiy şayba almaştiriş, gaz quvurlari va zulfinlar (zadvijka)ni ta'mirlaş işlari sabab bölmoqda. Çeklov jami 29 406 ta aholi xonadoni va 411 ta ulgurji iste'molçiga taalluqli.
Qayerda va qaçon gaz bölmaydi?
Xonqa va Yangiariq tumanlari — 09:00 dan 17:00 gaça
Xonqa tumanining Madaniyat, Znaxos, Nurobod, Kattakuç hamda Yangiariq tumanining Şixboği va Şerobod mahallalari. Sabab — “Urgançtransgaz” UK tomonidan “Xonqa-2” GTSda mavsumiy şayba almaştirilişi. 4240 ta xonadon, 44 ta ulgurji iste'molçi.
Yangiariq tumani — 10:00 dan 18:00 gaça
Tagan, Gulşanda, Sevgan, Saburzon, Arboblar, Vakillar mahallalari. Sabab — yuqori bosimli gaz moslamasi va zulfinda ta'mirlaş işlari. 3460 ta xonadon, 38 ta ulgurji iste'molçi.
Urganç tumani — 10:00 dan 16:00 gaça
Qönğirot, Ravot, Oq-yop, Zargarlar, Orzu, Gulobod, Hilol, Baxşilar, Ğalaba, Beruniy va Qoramon mahallalari. Sabab — yuqori bosimli gaz quvurlarida zulfinlar almaştirilişi hamda aniqlangan gaz sizib çiqiş holatining bartaraf etilişi. 5200 ta xonadon, 85 ta ulgurji iste'molçi.
Urganç şahri — 10:00 dan 18:00 gaça
Al-Xorazmiy massividagi Oq ariqlar mahallasi. Sabab — “Urganç-2” GTSda mavsumiy şayba almaştirilişi. 1000 ta xonadon, 4 ta ulgurji iste'molçi.
Yangibozor tumani — 09:00 dan 17:00 gaça
Yuqori Boşqir, Navbahor, Mingboğolon, Oltinköl mahallalari. Sabab — diametri 114 mm bölgan örta bosimli yer osti gaz quvurida ta'mirlaş işlari. 2090 ta xonadon, 32 ta ulgurji iste'molçi.
Tuproqqal'a tumani — 13:00 dan 17:00 gaça
Muhabbat mahallasi. Sabab — diametri 159 va 100 mm bölgan örta bosimli yer osti gaz quvurlarida ta'mirlaş işlari. 1195 ta xonadon, 113 ta ulgurji iste'molçi.
Xiva tumani — 09:00 dan 14:00 gaça
Sayot va Gandimiyon mahallalari. Sabab — diametri 57, 76 va 159 mm bölgan yuqori bosimli yer usti gaz quvurlarida ta'mirlaş işlari. 1805 ta xonadon, 11 ta ulgurji iste'molçi.
Qöşköpir tumani — 09:00 dan 14:00 gaça
Tegalak, Xosiyon, Ittifoq, Oşoq qal'a, Boğzor, Yoşlik, Örtayop, Adolat va Uyğur mahallalari. Sabab — diametri 273 mm bölgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurida ta'mirlaş işlari. 5640 ta xonadon, 42 ta ulgurji iste'molçi.
Şovot tumani — 09:00 dan 16:00 gaça
Eşonqal'a, Arbek, Oq-köl, Monoq, Ogahiy, Töqmanğit va Çiğatoy mahallalari. Sabab — diametri 219 mm bölgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurida ta'mirlaş işlari. 4776 ta xonadon, 42 ta ulgurji iste'molçi.
Gurlan tumanining Nukus, Jaloir, Sovunçi, Boğiston, Qatariq mahallalarini tabiiy gaz bilan ta'minlovçi gaz tarmoğida ta'mirlaş, filtr tozalaş işlari olib borilişi sababli sababli ertaga, 17-noyabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça uşbu mahallalarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Aholi xonadonlari soni – 2422 ta
Ulgurji istemolçilar soni – 23 ta
Ta'mirlaş işlari tugatilgandan söng tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
Matbuot xizmati ma'lumotiga köra, ta'mirlaş işlari tugatilgandan söng barça hududlarda tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Manba: “Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
#Xorazm #gaz #Hududgaz #Urganç #Xiva #Xonqa #Yangiariq #Yangibozor #Tuproqqala #Qöşköpir #Şovot #XorazmBugun