Hazoraspda 65,9 mln sömlik dori vositalari va şpritslarning noqonuniy savdosi foş etildi
18-11-2026, 10:05
78 марта
Hazoraspda 65,9 mln sömlik dori vositalari va şpritslarning noqonuniy savdosi foş etildiBoş prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bölimi xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi aniqlandi.
Ma'lumotlarga köra, fuqaro Ya.E. fuqaro I.I.ga 5 turdagi 28 280 dona dori vositasi va 10 500 dona şpritsni jami 65,9 mln sömga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şunga öxşaş holat Bekobod şahrida ham qayd etilgan. U yerda fuqaro J.R. sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 135 mln söm bölgan 100 quti dori vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan dori vositalari inson soğliği uçun jiddiy xavf tuğdiriş mumkin. Şu bois dori va tibbiy buyumlarni faqat litsenziyaga ega dorixonalardan xarid qiliş tavsiya etiladi.
Eslatib ötamiz, sud hukmi qonuniy kuçga kirmaguniga qadar heç kim aybdor deb hisoblanmaydi.
Manba: Boş prokuratura huzuridagi Departament
#Hazorasp #Xorazm #dori #prokuratura #XorazmBugun