Qabul yakunlandi. OTMga hujjat topşirgan abituriyentlar soni pastlab ketmoqda
26-06-2025, 16:31
137 марта
Qabul yakunlandi. OTMga hujjat topşirgan abituriyentlar soni pastlab ketmoqda2025/2026 öquv yili uçun oliy talim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş yakunlandi. Bu haqda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qabul yakuniga köra, onlayn röyxatdan ötgan abituriyentlar soni 732 411 nafar bölib, ulardan 346 299 nafari erkak, ayollar soni esa 386 112 nafarni taşkil etgan.
Röyxatdan ötgan abituriyentlar test sinovi uçun tölovni bugun, 26 iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oşirişlari mumkinligi takidlandi.
Malumot uçun, 2024 yilda Oliy talim muassasalari bakalavriati hamda kollej va texnikumlarga qabul böyiça 894 279 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötgan edi