USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi diniy talim muassasalariga qaçondan qabul boşlanişi aytildi

255 марта

Özbekistondagi diniy talim muassasalariga qaçondan qabul boşlanişi aytildi

Özbekistonda joylaşgan oliy va örta maxsus diniy talim muassasalariga qabul joriy yilning 25 iyun kunidan boşlanadi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi. 
Qayd etilişiça, qabul jarayonlari quyidagi oliy talim muassasalarida bölib ötadi:
  • Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti;
  • Mir Arab oliy madrasasi;
  • Hadis ilmi maktabi;
  • Imom Termiziy nomidagi islom instituti va barça örta maxsus islom talim muassasalarida;
Qabul jarayonlari esa 25 iyun kunidan 20 iyulga qadar davom etadi.
Oliy diniy talim muassasalariga öqişga kirişni istagan abituriyentlar qabul hayatiga quyidagi hujjatlarni topşiradi:
  • talim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli körsatiladi);
  • örta maxsus islom talim muassasasini tamomlagani töğrisidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli körsatiladi);
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (sönggi uç oyda olingan va orqa foni oq rangda bölişi talab etiladi);
Qolaversa, xorijiy davlatlardagi diniy talim muassasalarini tamomlagan va Özbekistonda nostrifikatsiyadan ötkazilgan diplomga ega bölgan abituriyentlar (Özbekiston fuqarolari) ham hujjat topşirişlari mumkin.
Örta maxsus islom talim muassasalariga öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlar esa qabul hayatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • talim muassasasi rahbari nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli körsatiladi);
  • malumoti töğrisida attestat yoki diplom nusxasi (asli körsatiladi);
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (sönggi uç oyda olingan va orqa foni oq rangda bölişi talab etiladi);
  • çet tilini bilişi töğrisidagi hujjat asl nusxasi (malumoti töğrisidagi hujjatda körsatilgan çet tilidan boşqa tilda imtihon topşiruvçilar uçun). 
Malumot uçun, oliy va örta maxsus diniy talim muassasalarining test sinovlarida iştirok etişi uçun abituriyentlardan bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (187 ming 500 söm) miqdorida tölov undiriladi. Joriy yilda öqişni tamomlab, örta maxsus islom talim muassasalariga hujjat topşirayotgan abituriyentlardan esa tölov undirilmaydi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: