Qöşköpir tumanida ikki nafar hokim yordamçisiga hayfsan berildi
21-11-2026, 11:48
166 марта
Qöşköpir tumanida ikki nafar hokim yordamçisiga hayfsan berildiQöşköpir tumani hokimining ikki nafar yordamçisiga nisbatan intizomiy jazo – hayfsan qöllanildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, jazo quyidagi hokim yordamçilariga berilgan:
— Qadriyat MFY böyiça hokim yordamçisi Raximov Zufar Komiloviç;
— Örtayop MFY böyiça hokim yordamçisi Kalandarov Bekzod Bahodiroviç.
Ularga hayfsan berilişiga özlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani hamda xizmat intizomini buzgani sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, mahallalardagi hokim yordamçilari aholi bandligini ta'minlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça bevosita mas'ul hisoblanadi. Şu bois ularning faoliyati muntazam nazorat qilib boriladi.
Manba: Qöşköpir tumani hokimligi
#Qöşköpir #Xorazm #hokimyordamçisi #jazo #XorazmBugun