Xorazmda içimlik va oqova suv taminoti yaxşilanmoqda — 190 mlrd sömlik loyihalar amalga oşiriladi
27-06-2025, 14:09
343 марта

Xorazmda içimlik va oqova suv taminoti yaxşilanmoqda — 190 mlrd sömlik loyihalar amalga oşiriladi
Aholi turmuş farovonligini oşiriş, jumladan, markazlaşgan içimlik va oqova suv xizmatlariga ulaniş darajasini yaxşilaş — bugungi kunda hukumat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqsadda Xorazm viloyatida ham qator yirik quriliş va tamirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
2025 yil davomida viloyat böylab 190,1 milliard sömlik quriliş işlari bajarilişi rejalaştirilgan. Jami 18 ta obekt qamrab olinib, 25,4 km içimlik suv, 67,6 km oqova suv tarmoqlari, şuningdek, 10 ta yangi inşoot barpo etilişi közda tutilgan.
Şovot tumanidagi amalga oşirilayotgan işlar esa alohida ahamiyatga ega. Xususan, K. Rahimov nomli mahalla fuqarolar yiğini hududida qurilayotgan “Yangi Özbekiston” massivi uçun:
- 6 km içimlik va oqova suv tarmoqlari,
- 1 ta içimlik suv inşooti,
- 2 ta oqova suv inşooti qurilib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Bu orqali nafaqat yangi massivda yaşovçi aholi, balki atrofdagi qişloq xöjaligi va ijtimoiy soha obektlari ham barqaror suv taminotiga ega böladi.
Mutasaddilarning aytişiça, loyihalar öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi taminlansa, bu mintaqa aholisining hayot sifati sezilarli darajada yaxşilanişiga xizmat qiladi.
