Xorazmda 7 ming xonadonli 200 ta köp qavatli uy quriş; - 1,5 ming kilometr yöl va 20 ta köprikni rekonstruktsiya qiliş va tamirlaş; - 80 ta avtobus olib kelib, 6 ta yangi yönalişni işga tuşiriş maqsad qilib olindi.
2-05-2025, 14:07
184 марта
Yiğilişda quriliş va infratuzilma sohalaridagi vazifalar muhokama qilinar ekan, joriy yilda Xorazmda:- 12 trillion sömlik pudrat işlarini bajariş, qurilişda 20 ming nafar aholini band qiliş;
- 7 ming xonadonli 200 ta köp qavatli uy quriş;
- 1,5 ming kilometr yöl va 20 ta köprikni rekonstruktsiya qiliş va tamirlaş;
- 80 ta avtobus olib kelib, 6 ta yangi yönalişni işga tuşiriş maqsad qilib olindi.
Viloyatdagi içimlik suvi tarmoğining 16 foizi va kanalizatsiya tarmoğining 27 foizi yarim asr oldin qurilgani bois, rekonstruktsiyaga muhtojligi körsatib ötildi. Urganç, Xiva va Pitnak şaharlarining kanalizatsiya tizimi yangilanişi kerak.
Bu işlar uçun joriy yilda 1,1 trillion söm ajratilib, tez fursatda Urganç, Xiva, Pitnak şaharlari va Gurlan tumani markazidagi oqova suv tizimini rekonstruktsiya qiliş boşlanadi.
Mutasaddilarga yil yakunigaça 101 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği, 6 ta suv inşooti quriş, xalqaro moliya taşkilotlaridan Xorazmning barça tumanlaridagi oqova tizimiga yana 85 million dollar jalb qiliş topşirildi.