Ertaga Xorazmning 8 ta tumani va 2 ta şahrida svet öçirilişi mumkin
Bugun, 22:55
0 марта
Ertaga Xorazmning 8 ta tumani va 2 ta şahrida svet öçirilişi mumkin27-noyabr kuni Xorazm viloyatining bir qator tuman va şaharlarida elektr energiyasi ta'minotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq, soat 10:00 dan 18:00 gaça rejali profilaktika işlari ötkaziladi. Şu sababli quyidagi mahallalarda elektr energiyasi vaqtinçalik öçirilişi mumkin.
Urganç tumani: Uyşin, Miroblar, Arablar, Merganovul, Anjirçi, Bobodehqon, Oqoltin, Qipçoq, Boğdorçi, Kuhna ovul, Jayhun, Yuqori ovul, Çakkaşolikor, Çakkaköli, Oqariqlar mahallalari.
Gurlan tumani: Birlaşgan, Şanği, Çinobod, Toza yorgan, Olğa, Katli, Esabiy, Mevazor, Dehqonobod, Boldokoli, Olçin, Kongli, Oqqum, Döstlik boği, Buzqal'a mahallalari.
Qöşköpir tumani: Kenagas, Dovud, Qoramon, Zarbdor, Maşrab, Özbekiston, Şixmaxşad, Yovğir, Gulzor, Yangilik, Nezaxos, Örta qişloq mahallalari.
Yangiariq tumani: Kattaboğ, Egrisolma, Jaloil, Yangiyer, Şirşoli, Pursang, Köriktom, Ğaltak mahallalari.
Xonqa tumani: Ilğor mahallasi.
Boğot tumani: Töpçi, Qipçoq mahallalari va Oltinqum şaharçasi.
Hazorasp tumani: Jangiota, Navröz, Şovot, Oqmaydon mahallalari.
Tuproqqal'a tumani: Obod, Nurobod, Yakkaçikir, Yoşlik, Navbahor, Muhabbat mahallalari.
Xiva şahri: Angariq mahallasi.
Urganç şahri: Gulzor, Saxovat, Temir yölçi, Maş'al mahallalari.
Körsatilgan hududlar aholisiga telefon va boşqa qurilmalarni oldindan quvvatlab olişi, elektr energiyasi talab qiladigan maişiy işlarni ertalab soat 10:00 gaça yoki keçki payt rejalaştirişi tavsiya etiladi.
Manba: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
#Xorazm #Urganç #Xiva #elektr #svet #XorazmBugun