Mast holatda takroran maşina boşqargan haydovçi ikki yilgaça qamaladi
Bugun, 14:49
0 марта
Mast holatda takroran maşina boşqargan haydovçi ikki yilgaça qamaladiSenatorlar qöpol yöl harakati qoidabuzarliklari uçun javobgarlikni kuçaytiradigan qonunni ma'qulladi. Hujjat bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Mast haydovçilarga qamoq jazosi
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan özgartişlarga muvofiq, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Voyaga yetmaganga rulni topşirganlar ham javob beradi
Voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, turli jazolar, jumladan, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.
Odam ölimi yoki boşqa oğir oqibatlar yuz bergan taqdirda esa uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Ma'muriy tartibda esa 50 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagaça ma'muriy qamoq jazosi qöllanilişi belgilanmoqda.
Tezlikni oşirganlar uçun jarimalar
Tezlikni belgilangan me'yordan:
— 40 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 25 BHMgaça (11 mln sömgaça);
— 60 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun 45 BHMgaça (19,8 mln sömgaça);
— 80 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun esa 65 BHM (28,6 mln sömgaça) miqdorida jarima hamda transport vositasini boşqariş huquqidan olti oyga mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Qonun kuçga kiriši uçun Prezident tomonidan imzolanişi lozim.
Manba: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
#XorazmBugun #YölHarakati #Senat #Jarima #Qonun