Ayrim qilmişlar uçun ma’muriy javobgarlik bekor qilinyapti
28-05-2025, 16:53
164 марта
Ayrim qilmişlar uçun ma’muriy javobgarlik bekor qilinyaptiSenatning 7-yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
Bugungi kunda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar ijtimoiy ahamiyatini yöqotgan va ularning soni keskin kamaygan. Şu bilan bir vaqtda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning bir neçta moddasida ayni bir ma’muriy huquqbuzarlik uçun javobgarlik belgilangan. Şu bois uşbu Qonun ularni muvofiqlaştiriş maqsadida işlab çiqilganligi qayd etildi.
Uşbu Qonun bilan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uçun qilmişning xususiyatidan, jazolaşdan közlangan maqsadga erişiş uçun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib çiqqan holda ma’muriy javobgarlikni bekor qilişga qaratilgan tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.
Jumladan, MJtKning:
73 moddasi (Zararli moddalar va qorişmalarga oid operatsiyalarni kema hujjatlarida qayd etiş majburiyatlarini bajarmaslik) – 2019-2023 yilning 6 oyida birorta huquqbuzarlik sodir etilmagan;
141-moddasi (Transport vositalaridan şaxsiy boylik orttiriş maqsadida foydalaniş) – 2019 yilda 19 ta, 2020 yilda 20 ta, 2021 va 2022 yillarda 1 tadan iş körilgan, oxirgi ikki yilda esa birorta huquqbuzarlik sodir etilmagan;
151-moddaning 1-qismi (Ruxsatsiz radiouzatkiç şoxobçasi örnatiş va (yoki) undan foydalaniş, şuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulaş);
156-moddasi (Avtomat telefonlarni şikastlantiriş).
Şuningdek, ayni bir qilmiş, ya’ni tamaki mahsulotini belgilanmagan joylarda iste’mol qiliş uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik alohida moddada (56/1-modda) aks ettirilmoqda.
Bundan taşqari, Kodeksning ayrim moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bilan boğliq işlarni körişga jabrlanuvçining arizasi bölgan taqdirdagina yöl qöyilişi belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning boşqa moddalariga ham yuqoridagi özgartiriş va qöşimçalardan hamda Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlari dasturidan kelib çiqqan holda tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.