BAA-Özbekiston öyinida çipta maşmaşasi: ular allaqaçon sotilib ketgan
28-05-2025, 15:36
407 марта
BAA-Özbekiston öyinida çipta maşmaşasi: ular allaqaçon sotilib ketganJoriy yilning 5 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2026 saralaş bosqiçining hal qiluvçi öyinlaridan birini Abu-Dabida Birlaşgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarşi ötkazadi. “Ol-Nahayon” stadionida özbekistonlik muxlislar uçun ajratilgan örinlar uçun esa çiptalar allaqaçon sotilib ketgan. Buni çiptalarni oliş mumkin bölgan yagona – “Ticketmaster.ae” platformasida köriş mumkin.
Jami 15 ming 894 nafar tomoşbinni siğdira oladigan “Ol Nahayon” öyingohidan özbekistonlik muxlislar uçun 24, 25 va 26-sektorlar ajratilgan. Uşbu sektorlardan çiptalarni xarid qiliş uçun pasport ma’lumotlarini kiritiş talab etiladi. Mezbon sektorlardan çipta xarid qilgan mehmon jamoa muxlislarining esa buyurtmalari bekor qilinadi. Ya’ni ularga maxsus ajratilgan sektorlardan boşqa örindan çipta xarid qiliş mumkin emas. Olingan çipta bilan esa öyinni tomoşa qilib bölmaydi. Uni sotib oliş sarflangan pul esa 5-10 iş kuni içida qaytariladi. Odatda faqat ingliz va arab tillarida yuritiladigan uşbu platformaga aynan şu ma’lumot uçun yangi qoida bilan rus tili ham qöşilgan. Bu esa köplab özbekistonlik muxlislar orasida norozilik va muhokamaga sabab bölmoqda.
“Agar rostdan ham BAA rezidenti bölgan özbekistonliklarning çiptasi “kuyadigan bölsa”, bunisi endi ğirt maynavozçilik. Heç bölmaganda bu haqda çipta olişdan avval aytilişi kerak edi, agar bu qoida avvaldan bölganida çipta xarid ham qila olmagan bölardik”, deb yozadi “Sabitov” Telegram-kanali mullifi.
Muxlislarning bildirişiça, çiptalar sotilişi e’lon qilingan zahoti tugab qolgan.
“Öyinga çipta çiqqan kuni töla saytda ötirdik. Umuman sotib olib bölmadi-ku, xammasi sotib bölingan ekan bir vaqtni özida”, deya xitob qiladi muxlislardan biri.
Yana bir sayohat agentligi mutaxxassisi Jamşid Sunnatovning aytişiça, hamma uçun 5,5 dollardan sotilgan çiptalar “optom” sotib olingan bölişi mumkin. Özbekiston terma jamoasi fan klubi uçun ajratilgan fan zona çiptalarining narxi esa 100 dollardan va ularni faqatgina “hammaga taniş bölgan bir bloger” tarqata oladi. Bundan taşqari, odatda BAA uçun 300-400 dollar bölgan tur paketlar narxi futbol arafasida 650-700 dollarga kötarilib ketgan.