Xorazmda haydovçilik imtihonlari qayta oçildi: Imtihon narxlar özgaradimi?
1-07-2025, 14:28
1 259 марта

Xorazmda haydovçilik imtihonlari qayta oçildi: narxlar özgaradimi?
Sönggi uç oy mobaynida vaqtinça yopilgan haydovçilik guvohnomasi uçun imtihonlar Xorazm viloyatida yana qaytadan yölga qöyildi. Viloyat IIB YHXBBning malum qilişiça, imtihonlar zamonaviy talablarga javob beradigan maxsus maydonçalarda adolat va şaffoflik asosida taşkil etiladi. Bundan taşqari, nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni videokuzatuv orqali nazorat qilinadi.
Hozirda belgilangan tariflar:
• BC toifasi uçun: 112 500 söm
• B toifasi uçun: 75 000 söm
• Qayta topşiriş: 56 250 söm
• Amaliyot imtihoni uçun: 37 500 söm
Bu tariflar hozirda amal qilmoqda. Şu bilan birga, mutasaddilarning aytişiça, oylik maoşlar yoki davlat yiğimlari miqdori oşsa, imtihon narxlari ham qayta körib çiqilişi mumkin.