USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tuproqqalada yuz bergan YTH: yöldagi yoritiş tizimi yetarlimidi? Yangi tafsilotlar.

1 147 марта
Tuproqqalada yuz bergan YTH: yöldagi yoritiş tizimi yetarlimidi? Yangi tafsilotlar.

Keça Tuproqqala tumanidan juda açinarli yöl-transport hodisasiga oid videolar va suratlar tarqaldi. Bu haqda avval xabar bergan edik. Hodisa joyi va tarqalgan kadrlar orasida etiborni jalb qiladigan jihatlar köp.

Eng qiziği şundaki, yöl belgilari va xavfsizlik çoralari köriliş darajasi köp savollarni örtaga çiqardi. Kadrlarda körinişiça, voqea sodir bölgan joyda na yoritiş qurilmalari, na şlagbaum (yöl tösuvçi tösiq) mavjud. Albatta, hududda belgilangan tartibda “Temir yöl kesişuvi” yoki “Poyezd ötişi mumkin” degan yöl belgisi bölişi mumkin, ammo hodisa tahlili şuni körsatmoqdaki, uşbu belgi haydovçiga faqat juda yaqin kelganda körinadi.

Bu esa, ayniqsa, tungi payt yoki yomğirli havoda haydovçilar uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Çunki yöl belgilari yoritiş yoki qöşimça ogohlantirişsiz yetarli darajada xavfsizlikni taminlay olmaydi.

Yölda xavfsizlik masulligi kimda?

Aslida bunday kesişuvlar yoriq bilan yoki maxsus şam yoruğlik çiroqlari, signalizatsiya tizimi, şlagbaum yordamida jihozlanişi şart. Bundan taşqari, belgilangan tartibda yöl belgilari haydovçi tomonidan oldindan körinişi lozim.

Hozirda bu holat yuzasidan masul taşkilotlar qanday çora köradi — bu ham jamoatçilikni qiziqtirayotgan muhim masalalardan biri. Hodisa sabablarini tahlil qiliş, yöl belgilari va yoritiş tizimini yaxşilaş borasida qanday özgarişlar kutilmoqda — bu savollar javobini berişi kerak bölgan organlar bor.

Fuqarolar nima deydi?

Aholi orasida bu kabi kesişuvlar soni köp ekani va köp hollarda yoritiş tizimi yoki şlagbaum yetişmasligi haqida köplab fikrlar bildirilmoqda.

Şu bois mutasaddilardan yöl infratuzilmasini xavfsiz qiliş böyiça amaldagi nazoratni kuçaytiriş talab etiladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: