Urgançda yer osti ötiş joyida noqonuniy telefon savdosi töxtatildi
5-07-2025, 15:26
585 марта

Urgançda yer osti ötiş joyida noqonuniy telefon savdosi töxtatildi
Bugun Urganç şahar markaziy dehqon bozori yaqinida joylaşgan yer osti ötiş yölida noqonuniy savdo faoliyatining oldi olindi.
Malumotlarga köra, uşbu yer osti ötiş joyida bir neça vaqtdan beri hujjatsiz uyali telefonlar savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslarga nisbatan reyd tadbirlari ötkazildi.
Tegişli mutasaddi idoralar tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar natijasida yer osti ötiş joyi öz asosiy vazifasi — piyodalarning xavfsiz harakatlanişi uçun xizmat qilişi taminlandi.
Şu bilan birga, mutasaddilar bundan keyin ham mazkur yer osti ötiş joyi savdo nuqtasiga aylanib ketmasligi uçun nazoratni kuçaytiradi.