Xorazmda Patrul-Post xizmatiga yangi avtomobillar olib kelindi
7-07-2025, 10:40
858 марта
Xorazmda Patrul-Post xizmatiga yangi avtomobillar olib kelindiXorazm viloyatida jamoat xavfsizligini taminlaş, yöl harakati qoidalari buzilişlarini kamaytiriş va qidiruvda bölgan şaxslarni tezkor aniqlaş maqsadida Patrul-Post xizmati avtoparki yangilandi.
Malumotlarga köra, hududda faoliyat olib borayotgan Patrul-Post xizmati xodimlariga 5 ta yangi Cobalt xizmat avtomobili topşirildi. Uşbu maşinalar zamonaviy aloqa vositalari hamda içki axborot tizimi – FICE bilan jihozlangan. Bu esa xodimlarga yölda töxtatilgan şaxslarning hujjatlarini yoki avtomaşina raqamlarini joyida tekşirib, qidiruvda bölganlarini aniqlaş imkonini beradi.
Şuningdek, yangi xizmat maşinalari köça va yöl kesişmalarda jamoat tartibini nazorat qiliş, yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçi yoki piyodalarni örnida qayd etişda xizmat qiladi.
Aynan piyodalarning qoidabuzarligi masalasiga kelsak, hozirça Xorazmda avtomatik radar yoki kamera orqali bevosita jarima qayd etiş tizimi töliq joriy qilinmagan. Ammo nazorat postidagi xodimlar piyoda qoidabuzarligini joyida aniqlab, protokol rasmiylaştirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Patrul-Post xizmati “Tunu kun xalq xizmatda” tamoyili asosida işlaydi. Aholidan 102 raqami orqali yoki joylardagi postlarga murojaat qilib, har qanday huquqbuzarlik yoki şubhali holat haqida xabar beriş söraladi.
XorazmBugun.uz tahririyati