Özbekistonda yöllarni tamirlaşga 61 trln ajratildi
9-07-2025, 15:22
420 марта

Özbekistonda yöllarni tamirlaşga 61 trln ajratildi
Özbekistonda oxirgi 7 yilda yöllarni quriş va tamirlaşga 61 trillion söm ajratildi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan yöl harakati xavfsizligini taminlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektor yiğilişida malum qilindi.Yiğilişda oxirgi 7 yilda bu borada köp işlar qilingani takidlandi. Bildirilişiça, yöllarni quriş va tamirlaşga 61 trillion söm ajratilgan. Bu 2017 yilgaça berilgan mablağlardan 3,5 barobar köp.
Şuningdek, onlayn murojaat tizimi işga tuşib, yöl harakati xavfsizligi bölinmalariga keliş 50 foizga kamaygan. Bundakn taşqari, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planşet va bodikamera olib berilgan. Qoidabuzarliklarni suniy intellekt asosida saralaş va qaror çiqariş amaliyoti joriy qilingan.
Haydovçilik huquqiga imtihon, yöl çiziqlari çiziş, texnik körik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berilgani takidlandi. Şaharlarda jamoat transporti uçun maxsus yölaklar taşkil qilingani qayd etildi.