Xorazmdagi Sarimoy quyoş elektr stantsiyasida ilk panel örnatildi
26-07-2025, 10:39
638 марта
Xorazmdagi Sarimoy quyoş elektr stantsiyasida ilk panel örnatildiXorazmda “yaşil energetika” sari yana bir muhim qadam taşlandi. Frantsiyaning “Voltalia” kompaniyasi tomonidan Tuproqqala tumanida barpo etilayotgan quyoş elektr stantsiyasida ilk quyoş paneli örnatildi.
Quvvati 126 MegaVatt böladigan uşbu stantsiya 180 gektar maydonni egallaydi va u yerga jami 180 ming dona quyoş panellari joylaştiriladi. Loyiha töliq işga tuşgandan söng, u 60 mingdan ortiq xonadonni barqaror elektr energiyasi bilan taminlaş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, mazkur investitsiya loyihasi mahalliy aholi uçun 250 ta yangi iş örni yaratilişiga ham xizmat qiladi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan panellarni örnatiş işlari qizğin davom etmoqda. Bu loyiha nafaqat mintaqadagi energetik muammolarni kamaytirişga, balki qayta tiklanuvçi energiya manbalari salohiyatini oşirişga ham katta hissa qöşadi.

