“Cobalt datçigi nega 80 daraja körsatadi?” — iqlimşunos Urganç issiğida avtomobillar nega “aldaydi” deb tuşuntirdi
27-07-2025, 15:23
751 марта

“Cobalt datçigi nega 80 daraja körsatadi?” — iqlimşunos Urganç issiğida avtomobillar nega “aldaydi” deb tuşuntirdi
Sönggi kunlarda Urganç köçalarida yurayotgan Cobalt avtomobillarining datçigi 60–70, hatto 80 daraja issiqlikni körsatib, köpçilikni vahimaga solmoqda. Köçada yurayotganlar özaro “Bugun 75 daraja böpti, odam öliş darajasi bu” kabi gaplarni aytişmoqda. Ammo aslida bu körsatkiçlar haqiqatga töğri kelmaydi. Sababi — Cobalt avtomobillaridagi datçiklar Özbekiston iqlimi uçun möljallanmagan.
Bu haqda iqlimşunos Erkin Abdulaxatov YouTube’dagi çiqişida tuşuntiriş berdi. Unga köra, avtomobilning haroratni ölçovçi datçiki köpinça çalğituvçi natijalarni beradi — ayniqsa, havo harorati 40 darajadan oşganda.
“Cobalt’ning harorat datçigi 40 darajadan yuqorisini töğri ölçamaydi. Asosan Xitoy, Koreya yoki boşqa mötadil iqlimli davlatlar uçun işlab çiqilgan. Özbekiston singari jaziramali mintaqalar uçun u moslaştirilmagan,” — deydi iqlimşunos.
Urgançda tajriba ötkazilgan
Erkin Abdulaxatov keltirgan misolga köra, aynan Urganç şahrida 2020 yilda işlab çiqarilgan oq va qora Cobalt avtomobillari ustida kiçik tajriba ötkazilgan. Maşinalar bir joyga yonma-yon qöyilgan. Şaharda havo harorati 41 daraja bölgan.
🔹 Oq Cobalt — 48 daraja issiqlik körsatgan
🔹 Qora Cobalt — 56 daraja körsatgan
Holbuki, rasmiy malumotlarga köra, real atmosfera harorati bu körsatkiçlardan ança past bölgan. Yani, avtomobilning rangiga, quyoş nuri töğridan-töğri tuşişiga qarab ham natijalar özgarib ketgan.
Xulosa: vahimaga hojat yöq
Mutaxassislarning takidlaşiça, Cobalt maşinalaridagi datçiklar köproq taşqi korpusdagi infraqizil tasirga sezgir bölib, real atmosfera haroratini emas, balki metall kuzovda töplanayotgan issiqlikni ölçaydi.
“Havo harorati 60–80 darajaga yetdi, degan gaplar asossiz. Öşa raqamlarni maşina körsatyapti, lekin bu haqiqat emas,” — deya qöşimça qildi Abdulaxatov.
Issiq kunlarda avtomobil datçiga emas, rasmiy ob-havo manbalarga işoning
- Avtomobil oynasini soyabon bilan tösiş datçikning ortiqça harorat körsatişini kamaytiradi
- Urganç şaroitida haqiqiy harorat 44–46 darajadan oşmaydi (lekin bu ham ançagina issiq!)