Xorazmda harorat 51 darajami? – Mutaxassislar nega 42 deydi, ammo xalq boşqaça his qiladi
18-07-2025, 15:39
1 337 марта

Oxirgi kunlarda Xorazm viloyatidagi qattiq issiqlar barça aholini sinovga olmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, aholi va haydovçilar tomonidan avtomobil yoki uydagi termometrlar 50–51 daraja issiqni körsatgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Bazilar bu holatni “tabiiy ofat” deb baholamoqda.
Biroq rasmiy malumotlarga qaraganda, Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi Xorazm viloyatidagi maksimal haroratni 41–43 °C atrofida ekanini qayd etmoqda. Şunday ekan, nega termometrlar bundan ança yuqori haroratni körsatmoqda?