Jaziramada ham xizmat töxtamaydi: gaz taminoti xodimlari harorati 40 darajadan oşgan havoda işlamoqda
1-08-2025, 12:05
197 марта

Jaziramada ham xizmat töxtamaydi: gaz taminoti xodimlari harorati 40 darajadan oşgan havoda işlamoqda
Ayni paytda Xorazm viloyatida havo harorati +40 darajadan oşgan bölib, bu aholi hayoti va mehnat faolligi uçun jiddiy sinov hisoblanadi. Ammo şunday oğir ob-havo şaroitida ham gaz taminoti sohasi xodimlari öz vazifalarini vijdonan va sidqidildan bajarişda davom etmoqda.
“Har qanday ob-havo şaroitida ham aholi xonadonlarini uzluksiz va xavfsiz “zangori olov” bilan taminlaş — bizning asosiy maqsadimizdir”, — deyiladi gaz taminoti xizmati vakillari bayonotida.
Gaz taminoti tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar yuqori harorat, töğridan-töğri quyoş nurlari va qattiq iqlim şaroitiga qaramasdan, jismoniy faollik va mehnat qobiliyatini yöqotmasdan xizmatni davom ettirişmoqda. Ular quvurlar tamiri, texnik xizmat körsatiş, xavfsizlikni taminlaş va aholiga tabiiy gaz yetkazib berişdek masuliyatli vazifalarni bajarişmoqda.
Ayni paytda viloyatning turli hududlarida, jumladan Urganç şahri va unga tutaş mahallalarda rekonstruktsiya, tamirlaş va montaj işlari amalga oşirilayotgani ham aynan ana şunday fidokor xodimlar hissasi bilan amalga oşmoqda.
Takidlaş joizki, ularning işi nafaqat texnik bilim va tajriba, balki yuksak masuliyat, matonat va aholi farovonligiga sadoqat talab etadi.