“Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalari doirasida Xorazm viloyatiga sport anjomlari yetkazilmoqda
22-08-2025, 08:18
136 марта
“Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalari doirasida Xorazm viloyatiga sport anjomlari yetkazilmoqdaÖzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13-fevral kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida sportni rivojlantiriş va ommalaştiriş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi sifatida respublika böylab “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalarining ikkinçi bosqiçi ötkazilmoqda.


Musobaqalarni yuksak saviyada taşkil etiş maqsadida hududlarga zarur sport inventarlari yetkazilmoqda. Xususan, bugun Xorazm viloyatiga dzyudo, sport kuraşlari va boks turlari uçun zamonaviy anjomlar keltirildi. Qolgan sport turlari böyiça ham yaqin kunlarda anjomlar taqdim etilişi belgilangan.Mazkur taşabbus Milliy Olimpiya qömitasi tomonidan qöllab-quvvatlanib, sportçilarimizning xalqaro maydonlarda munosib iştirok etişi uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Hududiy bosqiç musobaqalari avgust oyining oxirigaça davom etadi. Barça iştirokçilarga omad va zafarlar yor bölsin!

