Urgançda bojxona hududidagi yonğin yuzasidan qöşimça malumot berildi
25-08-2025, 22:47
1 334 марта

Urgançda bojxona hududidagi yonğin yuzasidan qöşimça malumot berildi
Keça Urganç şahridagi bojxona hududida sodir bölgan yonğin bilan boğliq qöşimça malumotlar elon qilindi.
Aytişlariça, avvalroq yonğin vagon içida kelib çiqqanligi haqida xabar berilgan edi. Yangi malumotlarga köra esa voqea vagon yonida turgan “MAN” rusumli yuk maşinasida sodir bölgan. Dastlabki malumotga köra, yuk maşinasi konditsioneridagi nosozlik yonğinga sabab bölgan.
Hozirgi vaqtda tegişli idoralar tomonidan voqea yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Yonğindan körilgan zarar miqdori hali rasman oçiqlanmadi.
Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari yonğinni katta hududga yoyilib ketişidan oldin bartaraf etgan.