Xorazmda saksovul kesgan fuqaroga jarima va davo qöyildi
26-08-2025, 17:55
282 марта
Xorazmda saksovul kesgan fuqaroga jarima va davo qöyildiXorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi Yangiariq tumani bölimi tomonidan ötkazilgan navbatdagi tungi reyd tadbirlari davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Malumotlarga köra, Yangiariq tumani Oq-masjid mahallasda yaşovçi fuqaro J.O. davlat zaxira yerlarida tabiiy holda ösib turgan saksovul ösimligini çopib, özlariga tegişli “Zil-53” yuk avtomaşinasiga ortayotgan vaqtda uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Natijada qonunbuzarga:
- 10 million 300 ming söm jarima,
- tabiatga yetkazilgan zarar uçun esa 11 million 536 ming söm davo qöyildi.