Xorazmlik 108 yoşli onaxon “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi
27-08-2025, 22:03
656 марта
Xorazmlik 108 yoşli onaxon “Şuhrat” medali bilan taqdirlandiVatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami Xorazm viloyati Boğot tumani Qipçoq mahallasidan bölgan, 108 yoşni qarşilagan Naziba ona Ğalimova uçun qöşaloq şodiyonaga aylandi.
Hurmatli Prezidentimizning Farmoniga asosan, onaxon mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini taminlaş yölidagi köp yillik fidokorona mehnati, yoş avlodni vatanparvarlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi munosib xizmatlari uçun “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Şu munosabat bilan Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov onaxonning xonadonida bölib, unga davlatimizning yuksak mukofotini topşirdi. Naziba ona duoga qöl oçib, yuksak etibor uçun Prezidentimizga öz minnatdorçiligini bildirdi, yurtimiz tinçligi va xalqimiz farovonligini tiladi.