Xorazmda haydovçilik guvohnomasi uçun test topşiriş xususiy taşkilotlarga ötadimi?
31-08-2025, 20:08
1 583 марта
Xorazmda haydovçilik guvohnomasi uçun test topşiriş xususiy taşkilotlarga ötadimi?Sönggi kunlarda Xorazm viloyatida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun test imtihonlari sentyabrdan yopilişi haqida turli miş-mişlar tarqalmoqda. Aytişlariça, 15 sentyabrdan boşlab haydovçilik guvohnomasiga test topşiriş amaliyoti davlat muassasalari tomonidan töxtatilib, xususiy taşkilotlarga topşirilişi mumkin.
Miş-mişlarga köra, agar bu xabar tasdiqlansa, xususiy taşkilotlarda test sinovi narxi 1 million söm atrofida bölişi mumkinligi ham aytilayapti.
Hozirça mazkur malumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Şunga qaramay, viloyat aholisi orasida bu haqda turli gap-sözlar ançadan beri tarqalmoqda.
Eslatib ötamiz, hozirgi kunda haydovçilik guvohnomasi uçun test sinovlari IIB YHXB huzuridagi maxsus imtihon markazlarida amalga oşiriladi. Agarda imtihon jarayoni xususiy sektorga ötkazilişi haqida rasmiy qaror qabul qilinsa, bu yangilik aholi orasida katta qiziqiş uyğotişi tabiiy.