4 sentyabr kuni Xonqa va Xivada ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtaydi(Töliq röyxat)
3-09-2025, 17:42
787 марта
4 sentyabr kuni Xonqa va Xivada ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtaydiXonqa tumanidagi “Istiqlol”, “Barkamollik”, “Gulğunça” va “Ezgulik” mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi örta bosimli gaz quvurlarida tamirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan ertaga, 4 sentyabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça uşbu mahallalarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Tamirlaş işlari yakunlangandan söng, tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.
Şuningdek, Xiva şahrining “Qiyot” va “Gulşan-2” mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurlarida ham şu kuni, 4 sentyabr soat 09:00 dan 18:00 gaça tamirlaş işlari olib boriladi. Bu vaqt mobaynida uşbu mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtaydi.
Masul idoralar tomonidan tamirlaş işlari tugagaç, gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta yölga qöyiladi.