USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda 1 kilogramm palov tayyorlaş qançaga tuşadi?

849 марта
Xorazmda 1 kilogramm palov tayyorlaş qançaga tuşadi?

Milliy statistika qömitasi 2025 yil avgust oyi uçun Özbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlaş xarajatlari böyiça malumot elon qildi. Unga köra, Xorazm viloyatida 1 kilogramm palov tayyorlaş uçun örtaça 107 ming söm sarflanadi.


Hisob-kitoblar palov tayyorlaşda işlatiladigan asosiy mahsulotlar qiymatiga asoslangan:
  • kungaboqar yoği – 0,3 litr,
  • piyoz – 300 gramm,
  • mol göşti – 700 gramm,
  • sabzi – 1 kilogramm,
  • guruç – 1 kilogramm,
  • nöxat – 100 gramm,
  • zira – 10 gramm,
  • oş tuzi – 20 gramm.
Biroq uşbu raqamlar bozorda sotilayotgan tayyor palov narxiga töğri kelmaydi. Çunki restoran va oşxonalarda tayyorlanadigan palovning bahosiga iş haqi va xizmat körsatiş xarajatlari ham qöşib hisoblanadi.

Malumot uçun: palov tayyorlaş eng arzon hudud Qoraqalpoğiston Respublikasi bölib, bu yerda 1 kilogramm palov 98,6 ming sömga tuşadi. Eng qimmat hudud esa Toşkent şahri bölib, bu yerda 1 kilogramm palov tayyorlaş xarajati 117,4 ming sömni taşkil etadi.

 Demak, Xorazmda milliy taom — palov tayyorlaş xarajatlari mamlakat böyiça örtaça narxdan biroz arzonroq hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: