Yangibozor “Zakovatçilari” yuksak natijalarga erişdi
8-09-2025, 18:36
188 марта
Yangibozor “Zakovatçilari” yuksak natijalarga erişdi8 sentyabr kuni Bilim va malakalarni baholaş agentligi 2025–2026-öquv yilida oliy talim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan maktablar röyxatini elon qildi.
Uşbu röyxatda respublika böyiça birinçi örinni Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab bitiruvçilari qölga kiritdi. Malumotlarga köra, mazkur maktabning 6 nafar bitiruvçisining örtaça körsatkiçi 178,8 ballni taşkil etgan. Bu raqam imtiyoz ballari inobatga olinmagan holda hisoblangan.
Natijada Yangibozorlik bitiruvçilar mamlakatimizdagi nufuzli oliy talim muassasalariga grant asosida birinçi va ikkinçi örinlardan qabul qilindi. Kuçli uçlikni esa Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Farğona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yakunladi.
Quvonarlisi, yuqori natijaga erişgan bitiruvçilarning barçasi Xorazm “Zakovat” klubi azolari hisoblanadi. Ular ixtisoslaştirilgan maktablar örtasida ötkazilgan hududiy turnirlarda muntazam sovrindor bölib, respublika bosqiçlarida ham faol iştirok etib kelişgan.
Mazkur yutuq Yangibozor tumani ixtisoslaştirilgan maktabi jamoasining tinimsiz mehnati va öquvçilarining bilimga çanqoqligining samarasi hisoblanadi. Şu bois maktab mamuriyati va ustozlar ham yuksak tabrikka loyiq.
Yangibozorlik “zakovatçi” yoşlarimizga oliy talimdagi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

