Abituriyentlarning 41 foizi minimal ballni yiğa olmadi: Xorazm viloyati natijalari qanday?
4-09-2025, 20:22
499 марта
Abituriyentlarning 41 foizi minimal ballni yiğa olmadi: Xorazm viloyati natijalariÖzbekiston böyiça joriy yilgi oliy talim muassasalariga kiriş test sinovlarida 614 768 nafar abituriyent iştirok etdi. Ulardan 253 844 nafari (41,29%) minimal ötiş balli hisoblangan 56,7 ballni töplay olmadi. Bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 6 foizga yaxşilangan.
Xorazmdagi körsatkiç
Jadval malumotlariga köra, Xorazm viloyatidan 36 593 nafar abituriyent test sinovlarida qatnaşdi. Ularning:
- 14 631 nafari (40%) minimal ötiş ballini yiğa olmadi;
- 21 962 nafari (60%) esa ötiş ballini bosib ötdi.
Respublika böyiça umumiy körsatkiçlar
- Eng yomon natija Andijon viloyatida qayd etildi: abituriyentlarning 47,6 foizi öqişga kira olmadi.
- Eng yaxşi natija Buxoro viloyati va Toşkent şahriga töğri keldi: bu hududlarda faqat 31,4 foiz abituriyent minimal ballni yiğa olmadi.
- Xorazm viloyati 40 foizlik körsatkiç bilan respublika böyiça örtaça darajadagi natija qayd etdi.
- Bu natija bilan viloyatimiz Andijon (47,6%), Surxondaryo (45,6%), Jizzax (44,0%), Sirdaryo (43,7%) kabi hududlarga nisbatan ança yaxşi körsatkiçga ega.
- Biroq Farğona (38,4%), Toşkent şahri (31,4%) va Buxoro viloyati (31,4%)ga nisbatan pastroqi
Joriy yilgi test sinovlari şuni körsatmoqdaki, Xorazm viloyati yoşlari bilim darajasi böyiça respublika örtaça körsatkiçidan orqada emas. Natijalar 2024 yilga nisbatan yaxşilangani esa talim sifatini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar samarasidan dalolat bermoqda.