Qöşköpirda maktab öquvçisi avtomaşina haydayotganda uşlandi
13-09-2025, 13:07
235 марта
Qöşköpirda maktab öquvçisi avtomaşina haydayotganda uşlandiXorazm viloyati Qöşköpir tumanida Yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida noodatiy holat qayd etildi. “Cobalt” rusumli avtomaşina ruldagi haydovçi sifatida voyaga yetmagan maktab öquvçisi ekani aniqlandi.
Malumki, Özbekiston qonunçiligiga köra, transport vositasini boşqariş uçun şaxs belgilangan yoşga tölişi va tegişli toifadagi haydovçilik guvohnomasiga ega bölişi şart. Bu holatda esa bola na yoş jihatidan, na huquqiy jihatdan avtomaşina boşqariş huquqiga ega emas edi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati mutasaddilari takidlaşiça, voyaga yetmagan şaxsning avtomaşina boşqarişi nafaqat uning hayoti, balki yöldagi barça iştirokçilarning xavfsizligiga ham jiddiy tahdid soladi. Çunki tajribasiz haydovçilarning xatti-harakatlari köp hollarda yöl-transport hodisalariga sabab bölişi mumkin.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizning xavfsizligi eng avvalo sizga boğliq. Ularning transport vositasiga ruxsatsiz ötirişiga, ayniqsa yölga çiqişiga mutlaqo yöl qöymang. Bu bilan siz farzandingizni oğir oqibatlardan asrab qolişingiz mumkin.
YHXB tomonidan ota-onalar örtasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, nazorat tadbirlari davom ettirilib, bunday holatlarga çek qöyiş maqsadida qatiy çoralar körilmoqda.
Mutasaddilar har bir ota-onani masuliyatli bölişga, farzandlarini nafaqat tarbiya, balki xavfsizlik jihatidan ham qatiy nazorat qilişga çaqirmoqda.