USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Muaytay böyiça Jahon çempionati sovrindorlari Urgançda tantanali kutib olindi

196 марта
Muaytay böyiça Jahon çempionati sovrindorlari Urgançda tantanali kutib olindi

2025-yil 10–20-sentyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida yoşlar örtasida muaytay böyiça Jahon çempionati bölib ötdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yuzlab iqtidorli yoş sportçilar iştirok etdi. Mazkur nufuzli musobaqada Özbekiston şarafini munosib himoya qilgan xorazmlik sportçilar ham yurtdoşlarimizni quvontirişga muvaffaq bölişdi.


🥉 Saidnazarov Fayzali (Urganç tuman sport maktabi tarbiyalanuvçisi) hamda 🥉 Rustamboyev Akbarjon (Hazorasp tuman sport maktabi tarbiyalanuvçisi) jahon birinçiligida bronza medalini qölga kiritib, mamlakatimiz va viloyatimiz şarafini yuksak poğonalarga kötarişdi.

21-sentyabr kuni yoş çempionlarimiz Urganç temir yöl vokzalida tantanali kutib olindi. Kutib oliş marosimida sportçilarning ota-onalari, ustozlari, viloyat sport taşkilotlari vakillari hamda köplab muxlislar qatnaşdi. Vokzal maydonida milliy kuy-qöşiqlar, guldastalar va samimiy olqişlar bilan qarşi olingan sportçilarimiz yurtdoşlariga katta şodlik bağişladi.

 Tadbirda söz olgan masullar yoş sportçilarning yutuğini butun viloyat sport jamoatçiligi uçun katta faxr va ğurur ekanini takidlaşdi. Şu bilan birga, ularga kelgusida ham yuqori marralarni zabt etişlariga tilaklar bildirildi.

Muaytay böyiça Jahon çempionatida qölga kiritilgan bu medallar nafaqat sportçilarning şaxsiy ğalabasi, balki Xorazm sportining taraqqiyoti yölidagi muhim qadam sifatida tarixga kirdi.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: