Ayollar kuraşi böyiça jahon çempioni Şoxista Şonazarova Urgançda tantanali kutib olindi
5-08-2025, 14:33
928 марта
Ayollar kuraşi böyiça jahon çempioni Şoxista Şonazarova Urgançda tantanali kutib olindiYaqinda Gretsiyaning Afina şahrida 17 yoşgaça bölgan sportçilar örtasida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati bölib ötdi. Unda Xorazmlik iqtidorli sportçi Şoxista Şonazarova -40 kg vazn toifasida barça raqibalarini işonçli mağlub etib, oltin medalni qölga kiritdi. U ayollar kuraşi böyiça Özbekiston tarixida jahon çempionligini qölga kiritgan ilk sportçi böldi.
Bugun Şonazarova Urganç şahridagi temir yöl vokzalida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda sportçining yaqinlari, murabbiylar, sport sohasi vakillari va Xorazm viloyati sport boşqarmasi boşliği N.Djumaniyazova iştirok etdi.
Tadbirda bu ğalaba nafaqat sportçining mehnati, balki uni tarbiyalagan murabbiylar va sport tizimidagi mutasaddilarning yordami evaziga qölga kiritilgani takidlandi.







