Piyodalarni-Yoqtirmaydigan Urganç şahri.
24-09-2025, 13:34
641 марта
Piyodalarni-Yoqtirmaydigan Urganç şahri.Urganç şahri piyodalarni yoqtirmaydimi?
Urganç şahrida piyodalar uçun yaratilgan şaroit köp hollarda talab darajasida emas. Xususan, Xonqa köçasidagi piyodalar yölagi kovlab taşlangan va haligaça tiklanmagan holda qolmoqda. Bu esa ayniqsa bolali ayollar uçun katta qiyinçilik tuğdirmoqda — çunki bolalar aravaçasi bilan bunday yölakdan ötiş deyarli mumkin emas.
Şuningdek, keksa avlod va yoş bolalar ham bunday holatdagi yöllarda qiyinçilikka duç kelmoqda. Bu muammo faqat Xonqa köçasigagina taalluqli emas. Şaharning boşqa köpgina hududlaridagi piyodalar yölaklari ham şikastlangan, yoki mutlaqo tamirtalab ahvolda.

Aslida esa, har qanday zamonaviy şahar piyodalar uçun qulay bölişi şart. Çunki şaharda yaşovçi aholi orasida yoş bolalar ham, keksalar ham, nogironligi bor fuqarolar ham bor. Ular uçun xavfsiz va qulay yölak yaratiş şahar madaniyatining asosiy körsatkiçlaridan biri hisoblanadi.Şunday ekan, savol tuğiladi: piyodolarga şaroit yaratmaydigan Urganç qay jihati bilan örnak bölişi mumkin?



