Boğot tumanidagi “Erali Eşon bobo” masjidi qurilişi uçun tamal toşi qöyildi.
29-09-2025, 12:04
283 марта
Boğot tumanidagi “Erali Eşon bobo” masjidi qurilişi uçun tamal toşi qöyildi.Bugun, Özbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakili Xayrulla domla Abdullayev Boğot tumanidagi “Erali Eşon bobo” jome masjidini qayta quriş işlarini boşlaşda iştirok etib, yangi loyihada quriladigan masjid qurilişiga xayrli duolar bilan poydevor uçun tamal toşi qöydi. Bunyod etilayotgan uşbu masjid uçun tayyorlangan loyihaga köra, haşamatli, namozxonlar uçun juda qulay va şinam bölişiga alohida etibor qaratilgan. Mazkur tadbirda Boğot tumani hokimi Jahongir Nazarov, Urganç şahar boş imom-xatibi Xasanboy domla Kenjayev, Boğot tuman boş imom-xatibi Raşidbek domla Ernazarov, tuman din işlari böyiça qömita mutaxassisi J.Matçanov hamda imom-xatiblar va nuroniy otaxonlar, mahalla faollari iştirok qildilar.






