ŞOVOTDA YaNGI MAKTAB NEGA QURILIŞ TUGALLANMAY TURIB IŞGA TUŞDI?
5-10-2025, 21:35
618 марта
ŞOVOTDA YaNGI MAKTAB NEGA QURILIŞ TUGALLANMAY TURIB IŞGA TUŞDI?Xorazm viloyati Şovot tumanidagi 48-son umumtalim maktabi yangidan qurilayotgan edi. Ammo mahalliy aholi va öquvçilarning malum qilişiça, obektdagi quriliş-tamirlaş işlari hali töliq yakunlanmaganiga qaramay, maktab şoşilinç ravişda işga tuşirilgan.
Quriliş işlari tugallanmagan holda darslar boşlangan
Malumotlarga köra, maktab hali rasman foydalanişga qabul qilinmagan, isitiş tizimi töliq ulanmagan, ayrim xonalarda tamirlaş işlari hamon davom etmoqda. Şu holatda ham öquvçi yoşlar çala qurilgan binoda talim olişga majbur bölişmoqda.
Xavfli holatlar — bolalar hayoti xavf ostida
Joydagi kuzatuvlarga köra, maktab hovlisi va ayrim xonalarida quriliş materiallari, beton va temir qismlar soçilib yotibdi. Yuqori kuçlanişli elektr simlari oçiq holda turgani, öquvçilar uçun jiddiy xavf tuğdirayotgani aytilamoqda.
Nazorat organlari qayerda?
Fuqarolarning sözlariga köra, obektni foydalanişga qabul qiliş va xavfsizlik talablariga rioya etilişini nazorat qilişi lozim bölgan taşkilotlar — Prokuratura va GASN (Davlat arxitektura-quriliş nazorati) hozirça bu masalaga jiddiy etibor qaratmayotgan körinadi.
Şuningdek, ayrimlar bu qaror “hisob uçun” yoki “mamuriy bosim” natijasida qabul qilingan bölişi mumkinligini takidlaşmoqda.
Xulosa örnida:
Bolalarning talim oliş huquqi qançalik muhim bölmasin, ularning xavfsizligi birinçi örinda turişi lozim. Çala qurilgan, isitiş tizimi ulanmagan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan binolarda dars jarayonini boşlaş – kelgusida oğir oqibatlarga sabab bölişi mumkin.
Bu holat böyiça masul taşkilotlardan rasmiy izoh kutib qolamiz.







