USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şovotdagi 48-maktab qurilişi — jamoatçilikda jiddiy savollar uyğotmoqda

1 086 марта
Şovotdagi 48-maktab qurilişi — jamoatçilikda jiddiy savollar uyğotmoqda

Xorazm viloyati Şovot tumanida barpo etilayotgan 48-son umumtalim maktabi qurilişi atrofida köplab noroziliklar paydo böldi. Jamoatçilik va ota-onalarning takidlaşiça, foto va videolardan ham ayon bölganidek, quriliş işlari sifat jihatdan talabga javob bermayapti.

Fuqarolar noroziligi

Aholi fikriga köra, bunday şaroitda qurilgan muassasada farzandlar talim olişi xavfli va manaviy jihatdan ham qabul qilib bölmaydi. Ularning takidlaşiça, byudjet mablağlari ajratilgan holda qurilayotgan maktabning şunday ahvolda bölişi juda ayançli holat.

— «Farzandlarimiz kelajagi uçun sifatli talim muassasasi zarur. Agar maktab bu holatda foydalanişga topşirilsa, bu nafaqat bolalarimiz salomatligi, balki ularning xavfsizligi uçun ham tahdid soladi», — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Masul taşkilotlar qayd etilmoqda

Fuqarolar savol bilan çiqmoqda:
  • Bu holatni nazorat qilişga masul GASN va Buyurtmaçi taşkilot qay darajada öz vazifasini bajarmoqda?
  • Sifatsiz qurilgan binolarni foydalanişga qabul qiliş ortidan kim javobgar böladi?
  • Davlat byudjetidan ajratilgan mablağlar qay tarzda sarflanmoqda?
Jamoatçilikning talabi

Aholi va ota-onalar yuqori taşkilotlardan uşbu holatga jiddiy etibor qaratilişini söramoqda. Ular nazorat kuçaytirilişi va har bir sarflangan söm hisob-kitob qilinişi kerakligini takidlaşmoqda.

Xulosa

Şovotdagi maktab qurilişi atrofidagi noroziliklar hokimiyat va nazorat organlari oldiga muhim vazifalarni qöymoqda. Çunki har qanday quriliş işlarida, ayniqsa, talim muassasalarida sifat va xavfsizlik birinçi örinda bölişi şart.

 «Xorazm Bugun» bu masala yuzasidan rasmiy idoralardan rasmiy izoh kutadi.




Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: