Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Xiva şahrida "Gilamlar jilosi" xalqaro gilam körgazmasi bölib ötadi.
6-10-2025, 19:22
280 марта
Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Xiva şahrida "Gilamlar jilosi" xalqaro gilam körgazmasi bölib ötadi.Xalqaro körgazmani taşkil etişdan asosiy maqsad mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan gilamdözlik ananalarini asrab-avaylaş, ilmiy tadqiq etiş, xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş va keng tarğib etiş, ananaviy usulda gilam töqiyotgan usta hunarmandlarni qöllab-quvvatlaş hamda viloyatimizning turizm salohiyatini rivojlantirişdan iborat.
Xorazm viloyat xokimligi, "Hunarmand" uyuşmasi va Turizm qömitasi hamkorligida uyuştiriladigan xalqaro tadbirda mahalliy va xorijiy hunarmandlar, olimlar, soha mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar iştirok etişi kutilmoqda.
Xalqaro körgazma doirasida “Özbek gilamdözligi: anana va innovatsiya” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazilişi ham közda tutilgan.