Urgançdagi eng katta köprikda yoriqlar paydo böldi
6-10-2025, 21:56
828 марта
Urgançdagi “Coca-Cola” köprigida yoriqlar aniqlandi“Xorazmbugun” xabar beradi: Urganç şahrining Ravnaq köçasida joylaşgan, xalq orasida “Coca-Cola köprigi” nomi bilan tanilgan köprikda yoriqlar paydo bölgani malum böldi.
Köprikning ikki joyida aniqlangan yoriqlar mahalliy aholi va haydovçilar orasida xavotir uyğotgan. Kuniga minglab avtomaşinalar qatnaydigan mazkur köprik şahar transport tizimining muhim qismi hisoblanadi.

Aholi va yöl harakati iştirokçilari bu holat yuzasidan tegişli taşkilotlardan tezkor çora körişni, köprikni texnik körikdan ötkazib, yoriqlar sababini aniqlaş hamda zarur tamirlaş işlarini amalga oşirişni sörab qolmoqda.“Xorazmbugun” jamoasi uşbu masalaga masul idoralar tomonidan jiddiy etibor qaratilişini, fuqarolar xavfsizligi taminlanişi muhim ekanini takidlaydi.