YaNGIARIQ VA ŞOVOT TUMANLARI — “YaNGI ÖZBEKISTON QIYoFASIDAGI” HUDUDLAR RÖYXATIDA
10-10-2025, 08:02
385 марта
YaNGIARIQ VA ŞOVOT TUMANLARI — “YaNGI ÖZBEKISTON QIYoFASIDAGI” HUDUDLAR RÖYXATIDAPrezidentning “Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, mamlakat böylab 33 ta hududga “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)” maqomi berildi.
Uşbu qarorga muvofiq, tanlangan tuman va şaharlar aholining yaşaş şaroiti, infratuzilma, tadbirkorlik va ijtimoiy xizmatlar darajasi jihatidan mamlakatning boşqa hududlari uçun namuna sifatida belgilanadi.
Yangiariq tumani — yangi imkoniyatlar hududi
Yangiariq tumani mazkur loyiha doirasida “Yangi Özbekiston qiyofasidagi” hudud sifatida belgilandi. Bu yerda aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratiş, zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy obektlarni yangilaş işlari amalga oşiriladi.
Şovot tumani — zamonaviy rivojlaniş namunasi
Şovot tumani ham “Yangi Özbekiston qiyofasi” loyihasiga kiritildi. Tumanda yöl va muhandislik tarmoqlari yangilanadi, yangi turarjoylar va xizmat körsatiş maskanlari quriladi, aholining hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan islohotlar amalga oşiriladi.
Mutasaddilar takidlaşiça, uşbu qaror orqali har bir tanlangan tuman yoki şahar yangi bosqiçda rivojlaniş imkoniyatiga ega böladi. Bu esa aholi turmuş darajasini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va tadbirkorlik muhitini yanada faollaştirişga xizmat qiladi.
#Xorazm #Yangiariq #Şovot #YangiÖzbekiston #Prezidentqarori #Tadbirkorlik #Rivojlaniş