XORAZMDA TERRORISTIK TAŞKILOTNI MOLIYaLAŞTIRGAN ŞAXS 5 YILGA QAMALDI
11-10-2025, 11:59
1 052 марта
XORAZMDA TERRORISTIK TAŞKILOTNI MOLIYaLAŞTIRGAN ŞAXS 5 YILGA QAMALDIXorazm viloyati Hazorasp tumanida yaşovçi B.M. mehnat migranti sifatida Rossiyaning Moskva viloyati Domodedovo şahrida bölgan vaqtida, Özbekistonda taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” terroristik taşkiloti azolari tasiriga tuşib ularning faoliyatini moliyalaştirib kelgan.
DXX va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida B.M.ning mobil ilova orqali suriyadagi terroristik taşkilot hisobiga bir neça bor pul ötkazişda yordam berganligi aniqlanib qölga olingan.
Natijada, Jinoyat işlari böyiça Tuproqqala tuman sudi tomonidan u Özbekiston Respublikasi JKning:
- 155-3-moddasi 1-qismi (“Terrorizmni moliyalaştiriş, yani terrorçilik taşkilotining mavjud bölişini, faoliyat körsatişini, moliyalaştirilişini, terrorçilik faoliyatida iştirok etiş uçun xorijga çiqib ketişni yoki Özbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanişni taminlaşga, terrorçilik harakatini tayyorlaş va sodir etişga, terrorçilik taşkilotlariga yoxud terrorçilik faoliyatiga kömaklaşayotgan yoki bunday faoliyatda iştirok etayotgan şaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablağ-vositalarni, resurslarni berişga yoki yiğişga, boşqa xizmatlar körsatişga qaratilgan faoliyat”) bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi.
Körinib turibdiki, terrorizmga aloqador har qanday harakatlar qonuniy jazolanişi muqarrardir. Çunki bunday jinoiy harakatlar mamlakatdagi tinçlikka tahdid soladi va jamiyatga xavf tuğdiradi.
Ogoh böling – ayyor terroristlar tasiriga tuşib qolişdan özingizni asrang.