Xorazm viloyatining barça hududlarida reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
25-04-2025, 22:17
594 марта
Xorazm viloyatining barça hududlarida reyd tadbirlari ötkazilmoqda."Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bölinmasi tomonidan işçi guruhlar şakllantirilgan holda, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş va qarzdor istemolçilarni tarmoqdan ajratiş maqsadida viloyatimizning barça hududlarida reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, Urganç şahrida faoliyat olib borayotgan “Q.Q.M” xususiy korxonasiga tegişli bölgan yengil tipdagi quriliş binosi soxa mutaxassislari tomonidan elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari örganilganda, istemolçi maişiy texnika vositasi va xona yoritiş çiroqlarini elektr hisoblagiçdan taşqari özboşimçalik bilan noqonuniy tarzda elektr energiyasidan foydalaniş holati aniqlandi.
Uşbu holat yuzasidan soxa mtaxassislari tomonidan tegişli tartibda elektron dalolatnomalar rasmiylaştirilib, qonuniy tarzda çora köriş maqsadida tegişli taşkilotlarga taqdim qilinmoqda.






Eslatma! "Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalarining 144-bandi 2-xatboşisida "Joyiga çiqqan holda elektr tarmoqlaridan ajratilgan istemolçilarni tarmoqqa qayta ulaşda istemolçilardan bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari (maişiy istemolçilardan 2 baravari) miqdorida tölov undirilişi belgilangan.