USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xonqada yangi asfalt, lekin eski muammo: Navxos yöli yana norozilikka sabab böldi

1 059 марта
Xonqada yangi asfalt, lekin eski muammo: Navxos yöli yana norozilikka sabab böldi

Xonqa tumanidagi Navxos qişloğida yöl tamiri haqida yana video tarqaldi. Esingizda bölsa, “Xorazm Bugun” ilgari ham şu hududdagi yöl ahvoli haqida surat va videolar orqali malumot bergan edi. Öşanda yöl tamirlanişi boşlanib, mahalliy aholi “nihoyat bu safar sifatli qilinadi” degan umidda edi. Ammo, afsuski, xalq orasida tarqalgan yangi videoda asfalt sifatidan norozilik yana kuçaydi.

 Aholi norozi: “Asfalt juda yupqa, yarim yilga ham çidamaydi”


Mahalliy fuqarolarning aytişiça, asfalt qatlami köz bilan ham juda yupqa ekani bilinadi. Video lavhalarda hatto yuvib ketgan yoki yomğir suvidan yorilib qolgan joylar ham körinadi. Ayrimlar aytişiça, yöl quriliş jarayonida texnika yetarli darajada işlamagan, “rolik” bilan bosilmagan, şu sababli asfalt qattiq siqilmagan.

“Bu yölni xalq uçun qilişdi, lekin xalqning puliga şunday yupqa asfalt yotiş — adolatsizlik,” — deydi qişloq fuqarolaridan biri.

 Asfalt standarti böyiça talablar qanday?

Mutasaddilarning tuşuntirişiça, asfalt qatlamining qalinligi yöl turiga va undan foydalaniş darajasiga boğliq. Lekin umumiy meyorlar mavjud:

Yöl turi
Asfaltning qalinligi (siqilgan holda)
Izoh

Mahalliy qişloq yöllari
6–8 sm
Kam harakatli yöllar uçun
Tumanlararo yöllar
8–10 sm
Örtaça harakat oqimi
Asosiy magistrallar
10–12 sm va ortiq

Şuningdek, asfalt ostiga qum-şagal (baza) qatlami 15–25 sm qilib yotqizilişi kerak. Agar baza bölmasa yoki loy, suvli yerda iş qilinsa — asfalt qança sifatli bölmasin, uzoqqa çidamaydi.

Mutaxassislar takidlaşiça, asfaltning sifatli çiqişi uçun quyidagi bosqiçlar muhim:
 1. Yer tagi (subgrade) yaxşi siqilişi;
 2. Qum-şagal bazasi 20 sm atrofida bölişi;
 3. Asfaltning harorati va aralaşmasi töğri saqlanişi;
 4. Har bir qatlam 3–5 sm qilib yotqizilib, maxsus texnika bilan bosilişi;
 5. Havo böşliqlari 3–8% oraliğida bölişi.

Xalqning puli – sifatli yölga arziydi

Yöl qurilişi — bu nafaqat quriliş, balki davlat mablağining samarali işlatilişi masalasidir. Agar asfalt faqat “rasm uçun” yotqizilsa, uning umri yarim yil ham çidamasligi tabiiy. Keyinçalik yana tamir, yana tender, yana byudjet sarflari — bu esa xalq mablaği hisobidan ketadi.

Xonqadagi Navxos yöli misolida ham şunday holat kuzatilmoqda. Aholi norozi, ammo javobgarlik kimda? Yölni qabul qilgan taşkilotmi, yo asfaltni yotqizgan pudratçimi? Bu savolga heç kim aniq javob bermayapti.

“Xorazm Bugun” tahririyati fikriça, Xonqa tumanidagi yöl qurilişlari ustidan jamoatçilik nazorati kuçaytirilişi kerak. Har bir metr asfalt uçun byudjetdan sarflangan söm hisoblanmoği şart. Agar yöl sifatsiz bölsa, pudratçi kompaniya javob berişi lozim.

Xalq kutgani — zamonaviy, sifatli va barqaror yöl. Bu nafaqat Navxos ahli, balki butun Xonqa tumani uçun ham muhim.

#XorazmBugun #Xonqa #Navxos #Asfalt #YölSifati #JamoatçilikNazorati

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: