Çangli Qöşköpir: Quvur ötdi, ammo asfalt yöq
18-06-2025, 18:14
410 марта
Çangli Qöşköpir: Quvur ötdi, ammo asfalt yöqXorazm viloyati Qöşköpir tumani markaziy köçasi sönggi paytlarda “çang markazi”ga aylanib bormoqda. Bu yerdagi ahvol şunçalik oğirki, na kunduzi, na keçasi piyoda yuriş mumkin. Maşinalar ötgani sari kötarilgan qop-qora çang nafaqat yöldagi odamlar, balki atrofdagi dökon va uylarning ham tinçligini buzmoqda.
Aslida, bu muammoning sababi malum — markaziy köçadan quvur ötkazildi. Ammo endi savol tuğiladi: nega asfalt tiklanmadi? Odatda, infratuzilma işlari tugagaç, yöl avvalgi holatiga qaytarilişi kerak. Ammo bu yerda bunday bölmadi.
Aholi orasida turli taxminlar yuribdi. Kimdir yozda çang yutib, kuzda, balkim, asfalt yotqizilar degan umidda. Yana kimdir bunday uzoq kutilmaydi, deb hayron. Ammo mutaxassislar, mutasaddilar bu borada jamoatçilikka rasmiy tuşuntiriş bermayapti.
Bu nafaqat aholi salomatligi, balki ekologik vaziyat uçun ham jiddiy xavf. Bolalar, keksalar çangdan aziyat çekayapti. Qöşköpir kabi aholi ziç töplangan markaz uçun bunday holat mutlaqo maqbul emas.
Hududdagi masul taşkilotlardan jamoatçilik asosli savol kutayapti:
Qaçongaça çang yutamiz va nega asfalt hanuz yotqizilmadi?
Jamoatçilikning etiborida bölgan masalalarga öz vaqtida javob beriş va amaliy çora köriş – har qanday hokimiyat va xizmat taşkilotining burçi. Agar haqiqatan ham reja bölsa – u oçiq aytilişi, muddatlari bilan elon qilinişi lozim.
Şu bois, mutasaddilarni şaffof axborot berişga, asfaltlaş işlarini tezlaştirişga va aholining kundalik hayotini yengillaştirişga çaqirib qolamiz.