USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda issiqlik tizimi hali ham işga tuşmadi — aholi nimadan norozi?

384 марта
Xorazmda issiqlik tizimi hali ham işga tuşmadi — aholi nimadan norozi? 

Noyabr kirdi, havo sovib boryapti, ammo Xorazmda köp qavatli uylar va ayrim davlat boğçalarida issiqlik taminoti haligaça işga tuşmagan. Bu holat aholi orasida jiddiy norozilik va savollarni keltirib çiqarmoqda.

Köp qavatli uylarda faqat kattalar emas, balki kiçik yoşdagi bolalar ham yaşaydi. Har kuni sovuq xonalarda uxlayotgan bolalar, issiq suvsiz kun keçirayotgan oilalar soni köpayib bormoqda.

Aholi sözlariga köra, hozirça na rasmiy taşkilotlardan aniq malumot berilgan, na issiqlik tizimi qaysi sanada işga tuşişi haqida izoh qilingan.

Poytaxt Toşkentda 3 noyabrdan issiqlik tizimi rasman işga tuşirilgani elon qilindi. Biroq Xorazmda hali ham jimlik. Na şahar hokimligi, na masul idoralar bu masala böyiça jamoatçilikka aniq tuşuntiriş bergani yöq.

Bu holat odamlarda tabiiy savollarni uyğotmoqda:
— Nima uçun har yili bir xil muammo takrorlanadi?
— Nega tayyorgarlik işlari öz vaqtida amalga oşirilmaydi?
— Va eng muhimi — xalqqa nima uçun izoh berilmayapti?

Hozirgi paytda “tamir işlari davom etyapti” degan rasmiy javoblar aholini qoniqtirmayapti. Çunki sovuq kunlar boşlandi, issiqlik esa hali ham yöq.

Aholining fikriça, bunday loqaydlik — bu faqat texnik muammo emas, balki masuliyatsizlik va xalq dardiga befarq munosabatning natijasidir.

“Biz har yili bir xil sözlarni eşitamiz: ‘Tamir’, ‘tayyorgarlik’, ‘tez orada’. Ammo natija hamon yöq. Agar poytaxtda 3 noyabrdan issiqlik berilayotgan bölsa, nega Xorazmda bu jarayon keçikyapti?” — deydi urgançlik fuqarolardan biri.

Xorazm aholisi masul idoralardan oçiq va aniq javob kutayapti. Havo harorati har kuni pasayib borayotgan bir paytda, issiqlik taminotini tezroq yölga qöyiş faqat texnik emas, ijtimoiy ehtiyoj hamdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: