Xorazmda 1000 dollar pora olayotganda IIO xodimi qölga olindi
7-11-2025, 15:19
1 502 марта
Xorazmda 1000 dollar pora olayotganda IIO xodimi qölga olindiProfilaktika inspektori pul evaziga öz tanişlari orqali hujjatlarni qalbakilaştiriş işi böyiça ekspertiza natijalariga tasir ötkazişni taklif qilgan.
Xorazm viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda profilaktika inspektori pora olayotgan vaqtda qölga olindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Malum bölişiça, profilaktika inspektoriga fuqaro şerigi bilan janjallaşib qolgani haqida şikoyat bilan murojaat qilgan. Uning malum qilişiça, ular röyxatdan ötkazgan qöşma xususiy kompaniyadagi hujjatlardagi imzolar daromadlarni özlaştirgan şerigi tomonidan soxtalaştirilgan.
Inspektor öz tanişlari orqali arizaçi foydasiga ekspertiza ötkazişni taşkillaştirişga vada berib, buning uçun 1000 AQŞ dollari talab qilgan. U Xivada uşbu mablağni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi "v" bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Içki işlar vazirligi huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan sodir etilgan korruptsiya yoki boşqa jinoyatlarga guvoh bölgan fuqarolarni 1102 yoki 71 234-31-74 raqamlariga murojaat qilişga çaqirdi. Ariza beruvçi şaxsining maxfiyligi kafolatlanadi.