Şovot tumanida yuqori bosimli gaz quvuri rekonstruktsiya qilinmoqda
9-09-2025, 22:14
77 марта
Şovot tumanida yuqori bosimli gaz quvuri rekonstruktsiya qilinmoqdaBugungi kunda Şovot tumanidagi 22 418 nafar tabiiy gaz istemolçilari “Şovot-1” va “Şovot-2” gaz taqsimlaş stantsiyalari orqali tabiiy gaz bilan taminlanmoqda.
Tumanda jami 794,3 km gaz tarmoqlari mavjud bölib, şundan 117,6 km — yuqori bosimli, 642,9 km — örta bosimli, 33,5 km — past bosimli gaz quvurlaridan iborat.
Ayni paytda tumanda kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş hamda aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz taminlaş maqsadida “Uzunköl” mahallasi hududidan ötuvçi yuqori bosimli gaz quvurining bir qismi rekonstruktsiya qilinmoqda.
Loyiha doirasidagi işlarning amalga oşirilişi natijasida 14 mingdan ortiq aholi xonadonlarida tabiiy gaz taminoti yanada barqarorlaşadi, şuningdek, kundalik gaz yöqotişlarining oldi olinadi.
Bu işlar nafaqat aholi uçun qulay şaroit yaratişga, balki tumanning umumiy energetik barqarorligini taminlaşga ham xizmat qiladi.

