Qöşköpirda gaz tarmoqlari yangilanmoqda
11-11-2025, 09:15
135 марта
Qöşköpirda gaz tarmoqlari yangilanmoqdaQöşköpir tumanida aholiga qulay va xavfsiz şaroit yaratiş maqsadida “Qöşköpirtumangaz” GTB tomonidan Bekobod mahallasidan ötuvçi qöşqator gaz tarmoqlari yagona tizimga ötkazilmoqda.
Gaz tarmoqlarini yangilaşdan asosiy maqsad — aholi xavfsizligini taminlaşdir. Eski va ikki yönalişda joylaşgan quvurlar örniga yagona zamonaviy tarmoq taşkil etilişi natijasida avariya holatlarining oldi olinadi. Şu bilan birga, köça qiyofasi ham yanada obod va zamonaviy körinişga ega böladi.
Iş jarayonida mavjud quvurlar birlaştirilib, zamonaviy talablarga javob beradigan tizimga ulanmoqda. Loyiha yakunlanganidan söng, mahalladagi 407 ta aholi xonadonlariga barqaror, uzluksiz va sifatli tabiiy gaz yetkazib beriş imkoni yaratiladi.




