Urganç şahriga 30 ta elektrobus olib kelinadi
11-11-2025, 22:49
953 марта
Urganç şahriga 30 ta elektrobus olib kelinadiYaqin kunlarda Urganç şahri köçalarida zamonaviy elektrobuslar harakatlana boşlaydi. Bu şahar yölovçi taşiş tizimida yangi bosqiçni boşlab berişi kutilmoqda.
Ayniqsa, uşbu elektrobuslar şaharning aholi ziç harakatlanadigan yönalişlariga qöyilişi mumkin.Bu taşabbus ortida yangiariqlik faxriy transportçi — Jumamurod Qutliyev turibdi. U rahbarlik qilayotgan “Yangiariq transport” MÇJ hozirda “Falcon Eurobus” kompaniyasi bilan hamkorlikda şartnoma imzolagan.
Takidlanişiça, bu nafaqat ekologik toza transport vositalarini yölga qöyiş, balki aholiga qulay va zamonaviy xizmat körsatiş yölida muhim qadam böladi.Kelgusida Xorazm viloyatiga yana köproq elektrobuslar olib kelinişi rejalaştirilmoqda. Bu esa nafaqat şahar köçalaridagi tirbandlikni kamaytiradi, balki atrof-muhitni asraşga ham hissa qöşadi.
Urganç şahar aholisi yaqin vaqtda yangi, toza energiyada harakatlanuvçi transport vositalarida sayohat qiliş imkoniyatiga ega böladi.