Urganç tumani hokimi sanoat yönalişidagi tadbirkorlar bilan navbatdagi uçraşuv ötkazdi
12-11-2025, 13:51
243 марта
Urganç tumani hokimi sanoat yönalişidagi tadbirkorlar bilan navbatdagi uçraşuv ötkazdiPrezident Şavkat Mirziyoyevning kiçik va örta biznes vakillari bilan ötkazgan uçraşuvida belgilangan vazifalar ijrosini taminlaş maqsadida hududlarda tadbirkorlar bilan amaliy muloqotlar taşkil etilmoqda.
Şu doirada Urganç tumani hokimi G.Sultanov tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi uçraşuv bölib ötdi. Tadbir davomida tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanişildi, ularning taklif va muammolari tinglandi hamda hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
🔹 “TRIO EKO PLAST” MÇJ — plastik mahsulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
🔹 “MOVEMENT EPS-F” MÇJ — sendviç panellar işlab çiqariş yönalişida faoliyat yuritadi.
🔹 “XORAZM NEFT-OIL” MÇJ — avtomobil yoqilği va moylaş mahsulotlarini işlab çiqaradi.
🔹 “URGANÇ-EVRO-TEMIR-BETON” MÇJ — turli beton mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöygan.
Uçraşuvda tadbirkorlarning faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, içki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taminlaş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça amaliy çoralar belgilab olindi.
Tuman hokimligi mutasaddilari takidlaganidek, bunday uçraşuvlar orqali işbilarmonlar bilan doimiy muloqot yölga qöyiladi, ularga zarur infratuzilmaviy va mamuriy kömaklar körsatiladi.
Uçraşuvda qatnaşgan tadbirkorlar öz faoliyatini kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça rejalarini ham bayon etdilar.
Bunday muloqotlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş va hudud sanoat salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.


