Yangiariq–Urganç yölida yovvoyi ötlarni yoqiş holati xavotir uyğotdi
16-11-2025, 13:58
215 марта
Yangiariq–Urganç yölida yovvoyi ötlarni yoqiş holati xavotir uyğotdiYangiariq–Urganç yöli böylab ayrim fuqarolar tomonidan yovvoyi ötlarga qasddan olov yoqilayotgani haqida murojaatlar kelib tuşmoqda. Qayd etilişiça, bu holat nafaqat atrof-muhitga zarar yetkazmoqda, balki yöl harakati xavfsizligiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Guvohlarning aytişiça, ayni paytda yöl böylab qalin tutun kötarilib, harakatlanuvçi avtomobillar uçun körinuvçanlik sezilarli darajada pasaymoqda. Ayrim uçastkalarda yöl umuman körinmay qolgani bois haydovçilar xavfli vaziyatga duç kelmoqda.
Mutasaddilar takidlaşiça, bunday holatlarda öt yoqiş mutlaqo man etilgan. Özbekiston Respublikasining mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga köra, atrof-muhitga zarar yetkaziş, ovloq joylarda yoki aholi yaşaydigan hududlarga yaqin joylarda ötyoqiş kabi holatlar huquqbuzarlik deb hisoblanadi va mamuriy jaza qöllaniladi.
Şu bilan birga, yonğin xavfi yuqori mavsumda öt yoqiş nafaqat qonunbuzarlik, balki inson hayoti va yöl harakati xavfsizligiga tajovuz ekanini unutmaslik kerak. Yöl yonida yonğin çiqişi tufayli katta YPX avariyalari kelib çiqişi, haydovçilarning hayoti xavf ostida qolişi mumkin.

